11:39 / 29.09.2015
8601

FT: Putin Xrushchyov emas, boshmoq bilan stol taqillatmaydi

Suriyada Rossiya harbiy kuchlarining o‘stirilishi Putinga imijini o‘zgartirib, xalqaro doiradagi yakkamohovdan qora kardinalga aylanish imkonini berdi, deb hisoblaydi The Financial Times nashri. Tahlilchilarning fikricha, ushbu “Suriya gambiti” yordamida Rossiya prezidenti BMT sammitida jiddiy diplomatik qadam tashlashga tayyorligini, Xrushchyovga o‘xshab yig‘ilishni to‘xtatish uchun boshmoq bilan stol taqillatib o‘tirmasligini ko‘rsatdi.
“Uncha-muncha jahon yetakchisi BMT Bosh Assambleyasidagi murojaatini bunday intriga bilan chirmay olmaydi, - deb yozadi nashr tahlilchisi Nil Bakli. – Uning 10 yil ichidagi birinchi chiqishi voqealarni keskin va hayratlanarli tarzda burib yubordi”.
Avvalo, Rossiya IShIDga qarshi kurashda shunchaki yordamchi bo‘lish emas, balki ushbu koalitsiyada yetakchilikni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini tasdiqladi. Uning bu maqsadlarini Suriyaning Lataqiya viloyatidagi harbiy bazada 25ta qiruvchining joylashtirilishi, minglab harbiylarning tashlanishi ko‘rsatib turibdi.
“AQShning Putinning maqsadlariga munosabati qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, u hisoblashmasa bo‘lmaydigan insonga aylandi”, - ta'kidladi ekspert.

Top