10:38 / 29.09.2015
2248

FT: Qatar Mustaqil fondi qimmatbaho qog‘ozlardan 12 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin

Qatar Mustaqil fondi (QIA) Volkswagen, Glencore kompaniyalari va Xitoy Qishloq xo‘jalik banki aktivlarining arzonlashuvi tufayli uchinchi chorak tugallanishigacha bir necha kun ichida 12 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin, deya xabar bermoqda Financial Times.

Jamg‘armaning ehtimoliy yo‘qotishlari Volkswagen aksiyalarining narxi keskin – 8,4 mlrd dollarga yaqin tushib ketgani sababli vujudga kelishi mumkin. QIA mazkur nemis avtokonsernining katta miqdordagi imtiyozli aksiyalariga egalik qiladi. Oddiy aksiyalariga egalik qilish bo‘yicha esa uchinchi o‘rinda turadi.

Shuningdek, QIA Glencore treyding kompaniyasining 8,2 foiz aksiyalarini sotib olgan. Yil boshidan buyon jamg‘armaning mazkur kompaniya bilan bog‘liq yo‘qotishlari 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Xitoy Qishloq xo‘jalik banki ko‘rgan zarar miqdori esa 650 mln dollarga yetgan.

Qayd etilishicha, QIA chorakni 10ta eng yirik investitsiya loyihasining 8tasida ziyonlar bilan yakuniga yetkazmoqda.

Top