08:45 / 29.09.2015
2645

Haj paytida Mino vodiysida halok bo‘lgan eronlik ziyoratchilar soni 226 nafarga yetdi

Haj paytida Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinch paytida halok bo‘lgan eronlik ziyoratchilar soni 226 nafarga yetdi. Bunday ma'lumotlarni Eron haj va ziyoratlarni tashkil qilish davlat tashkiloti keltirib o‘tdi.

“Hajdagi tiqilinch paytida halok bo‘lgan eronlik haj ziyoratchilarining soni 226 nafarga yetdi, shifoxonalarda 27 nafar eronlik qolmoqda, yana 248 nafar eronlik bedarak yo‘qolgan”, deb aytdi Eron haj va ziyoratlarni tashkil qilish davlat tashkiloti rahbari Said Ohadiy. Avvalroq halok bo‘lgan eronliklar soni 169 nafarni takshil qilgani ma'lum qilingandi.

28 sentabrda Press-TV telekanalining ma'lum qilishicha, 130 nafar eronlikning jasadi 29 sentabrda Eronga keltiriladi.

Shu munosabat bilan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy o‘zining BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi ishtirokini muddatidan avval tugatib, Tehronga ziyoratchilarni dafn qilish marosimida qatnashish uchun qaytib ketmoqda.

Joriy yilda haj safarida 64 ming eronlik ziyoratchi ishtirok etdi. Eronlik hojilarning dastlabki guruhi 28 sentabrda o‘z uyiga qaytdi.

Top