22:09 / 29.09.2015
15958

Internetda “Spark” avtomobilining “Ravon” brendi ostida chiqarilgan suratlari paydo bo‘ldi

Feysbukda “Voditeli Tashkenta” guruhida “Spark” avtomobilining “Ravon” brendi ostida chiqarilgan suratlari paydo bo‘ldi.

Suratda Chevrolet belgisi o‘rniga Ravon belgisi, Spark yozuvining o‘rniga esa R2 yozuvi qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Chevrolet dilerlik tarmog‘i qisqartirilgani sababli, bu tarmoq orqali sotilgan Spark va Cobalt avtomobillari yangi tashkil etilgan Ravon dilerlik tarmog‘i orqali sotiladi. Yana bir taxminga ko‘ra, Rossiyada Chevrolet brendidagi avtomobillar AQShning Rossiyaga nisbatan siyosati nuqtai nazaridan sotilishi ko‘zda tutilmagan.

Top