20:08 / 29.09.2015
3475

Kerri: AQSh va Rossiyaning Suriya masalasidagi qarashlari umumiylashmoqda

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining ma'lum qilishicha, Barak Obama va Vladimir Putin o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralardan keyin AQSh va Rossiyaning Suriya masalasidagi pozitsiyalari bir-biriga yaqinlashgan. Bu haqda u MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"Ikki tomon ham Suriyaning yaxlit va siyosiy mojarolardan xoli davlat bo‘lishini istashadi. Ikki tomon ham IShIDning butunlay bartaraf etilishini va mamlakatda tartib o‘rnatilishini istaydi", deydi bu borada Kerri.

U mamlakatda aynan qanday yo‘l bilan tartib o‘rnatilishi bo‘yicha indamagan. 

"Suriyani saqlab qolish uchun kech bo‘lgani yo‘q", deydi Kerri.

AQSh Davlat kotibi Obama va Putin Suriyadagi vaziyatning tartibga tushishi uchun choralar izlayotganini qayd etib o‘tgan.

Kerrining bu ikki davlat rahbarining uchrashuvi ochiq ruhda o‘tgani va tomonlar to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini ta'kidlagan.

Kerri Ukraina masalasiga ham e'tiborni qaratib, bu hududdagi vaziyat yaqin oylar ichida barqarorlashishini aytgan.

Top