17:07 / 29.09.2015
6485

Mini-avtomat uy sharoitida koka-kola tayyorlaydi

Keurig kompaniyasi Coca-Cola bilan hamkorlikda uy sharoitida haqiqiy koka-kola tayyorlaydigan avtomatlar ishlab chiqarishni boshladi, deya xabar berdi BuzzFeed.

Keurig Kold uskunasi gazli ichimlikni kapsulalardagi maxsus konsentratlardan tayyorlaydi. Bir stakan ichimlikni tayyorlash uchun bir daqiqa vaqt sarflanadi. Avtomat suvni Tselsiy bo‘yicha 4 darajagacha sovutib, kimyoviy reaksiya natijasida uni uglekislota gazi bilan to‘yintiradi.

Ishlab chiqaruvchilar avtomat bahosini xaridorlar imkoniyatiga qarab 299-369 dollargacha narxlamoqda.

Haqiqiy koka-koladan tashqari, iste'molchi 7UP va Dr. Pepper singari boshqa ko‘plab ommaviy gazli ichimliklar konsentratlariga ham ega bo‘lishlari mumkin. Biroq uy sharoitida tayyorlangan kolaning bir stakani tannarxi 1 dollarni tashkil etib, ko‘chadagi narx-navodan qimmatroqqa tushadi.

Top