09:45 / 29.09.2015
5516

NYT: Obama va Putin BMTda bir-birini tanqid ostiga oldi

Rossiya va AQSh prezidentlarining BMT Bosh Assambleyasi 70-sammitidagi chiqishlari davomida bir-biriga nisbatan tanqidiy fikrlar aytib o‘tishdi. The New York Times nashrining fikricha, Obama birinchi bo‘lib chiqish qilganiga qaramay, ko‘proq himoyalandi.
Nashrda yozilishicha, Obama birinchi bo‘lib chiqish qildi, Putin esa bir soatdan so‘ng minbarga chiqdi. “Obama diplomatik himoyani qo‘lladi, shunga qaramay, Rossiyani uning Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlagani uchun qattiq tanqid ostiga oldi, bu haqda bir necha bor gapirib o‘tdi”, - deyiladi maqolada.
“Bunga javoban Putin Suriya yetakchisini ko‘klarga ko‘tardi; u, Putinning fikricha, barqarorlikning asosiy sharti emish, unga IShIDga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha kuchlar taqdim etish lozim ekan”, - qo‘shimcha qildi muallif.
Nashrning taxmin qilishicha, Putin “Obamaning Suriya masalasidagi fikrini o‘zgartirish” maqsadida bunday bayonot bergan.

Top