09:04 / 29.09.2015
2238

Nyu-Yorkda "oltilik" va Eron TIV rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan 70-sessiya doirasida "oltilik" (BMT Xavfsizlik kengashining besh doimiy a'zosi va GFR) va Eron Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Interfaks xabar qilgan.

Vazirlar ushbu uchrashuvda Vena kelishuvlari bo‘yicha muhokama o‘tkazishdi. Bu uchrashuv 1 soatdan ortiqroq davom etgan.
Hozircha uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma'lumotlar berilmagan.

Top