19:21 / 29.09.2015
4056

OAV: razvedka Hindistonning shimolida “IShID” teraktga tayyorlanayotganidan ogohlantirdi

Hindiston razvedkasi Nyu-Dehli va Rajaston politsiyasini “IShID” terrorchilik guruhi mamlakat hududida teraktlar amalga oshirishga tayyorlanayotganidan ogohlantirdi, deb 29 sentabrda xabar berdi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Times of India gazetasi.

“IShID” amalga oshirishi mumkin bo‘lgan hujumlar kuz mavsumida, Hindistonda bir qator induizm bayramlari, jumladan olov bayrami Divali nishonlanishi paytida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Nashr manbalarining ma'lumotlariga ko‘ra, “IShID” ijtimoiy tarmoq orqali oxirgi bir necha oy davomida 40 ga yaqin yoshlarni o‘z domiga torta olgan.

IANS agentligining xabar berishicha, “IShID” Hindistonning shimoli-sharqiy shtati Assamda faollashgan.

Sentyabr boshida BAAda “IShID”ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 11 nafar hinddan iborat guruh ko‘lga olingandi. Times of India ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda “IShID” safida 17 nafar hind jang qilmoqda.

Top