23:51 / 29.09.2015
2362

Panasonic xalqaro smartfon bozoriga qaytishni niyat qildi

Smartfonlarning dunyo bozoridagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng, Panasonic 2005 yilda bozordan chiqib ketishga majbur bo‘lgandi. Oradan yillar o‘tib, aniqrog‘i 2012 yilda u yana bozorga qaytdi. Ammo tag‘in omadsizlikka uchradi. Zarar miqdori 5,4 mlrd iyenni (45 mln dollar) tashkil etdi. Biroq Panasonic ushbu yo‘nalishda hamon davom etmoqda va Hindistonda ishlar ko‘lamini kengaytirmoqda. U bu bozorda 2018 yilga qadar bo‘lishni rejalashtirgan.

The Economic Times in India nashrida aniqlik kiritilishicha, Panasonic o‘z oldiga Hindistondagi smartfonlar bozorida 2018 yilga qadar 2 mlrd. dollar ishlashni maqsad qilib qo‘ygan. Bu raqamlarni Panasonic ning Hindistonda ishlovchi top-menejyeri tasdiqlagan.

Panasonic AQSh va Yevropa bozorlarini inkor etgan holda, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikaning rivojlanayotgan bozorlarini tanlagan.

Maqolada keltirilishicha, Panasonic Shri-Lanka va Nepal bozorlariga o‘z smartfonlarini chiqarishga ulgurgan, BAA, Eron va Saudiya Arabistoniga esa kelayotgan haftada chiqarishni rejalashtirgan. Keyingi oyda esa navbat JARga keladi.

Top