Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Qozog'istondagi to'yda dugonalar kelinning guldastasi uchun tortishib ketishdi
11:03 / 29.09.2015
7207

Internetda tarqalgan videoda Qozog'istonda bo'lib o'tgan to'yda kelin o'zining turmushga chiqmagan dugonalariga guldasta uloqtirishi tasvirlangan. Kelin ortida turgan dugonalariga otgan guldasta yerga tushadi va uni qizlardan biri oladi. Biroq kecha boshlovchisi birinchi urinishda guldasta yerga tushgani, uni havoda ilib olish lozimligini aytib, kelindan yana bir marta guldastani uloqtirishini so'raydi.
Kelin yana bir marta urinib ko'radi. Bu safar yerga guldasta emas, uni tutib olishga shoshgan kelin dugonalari yiqilib tushishadi. So'ngra ular guldastani olish uchun tortishib ketishadi.
Yaqin vaqtlardan buyon kelin otgan guldastani tutib olgan qiz undan keyin turmushga chiqadi, degan fikr keng tarqalgan.

  • Teglar:
Top