12:07 / 29.09.2015
2938

Singapurda Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik 3D-chop etish laboratoriyasi ishga tushdi

Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik 3D-chop etish laboratoriyasi 26 sentabr kuni Singapurda ish boshladi. Today nashrining qayd etishicha, mazkur loyihaga ajratilgan investitsiya miqdori 3,6 million dollarni tashkil etdi.
Mazkur laboratoriyaga 15 dona 3D-printer o‘rnatilgan bo‘lib, ular tomonidan jismoniy shaxslar va turli kompaniyalarning shu kabi mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash mo‘ljallangan. Unga asos solgan Ultra Clean Asia Pacific kompaniyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarishda asosan aerokosmik, tibbiyot, jumladan, stomatologiya sohasidagi ehtiyojlarni qondirishga e'tibor qaratiladi. Kompaniya vitse prezidenti Lavi Levaning ta'kidlashicha, tibbiy maqsadlarda qo‘llaniluvchi turli implantatlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Singapur hukumati 2013 yilda 3D formatdagi chop etishni ham o‘z ichiga olgan “kelajak chop etish qurilmalari” besh yillik loyihasini amalga oshirish uchun 361 mln dollar ajratgan edi.

Top