20:39 / 29.09.2015
6727

The Times: Suriya Rossiya bombalarini IShIDga emas, isyonchilarga qarshi ishlatmoqda

Suriya prezidenti Bashar Asad qo‘shinlari Rossiyadan keltirilgan qurol-aslahalarni isyonchi guruhlarni bombardimon qilish uchun ishlatmoqda, deb ma'lum qildi The Times nashri.

Bunda Kremlning Rossiya qurol-aslahalari Suriya qo‘shinlari tomonidan “IShID” guruhiga qarshi ishlatilayotgani haqidagi gaplari keltirilmoqda.

Nashrdagi maqolada aytilishicha, oxirgi haftalarda butun mamlakat bo‘ylab isyonchi tumanlardagi faollar yangi samolyotlar va qurol-aslaha yordamida aviazarbalar berilayotgani haqida ma'lumot berganlar.

“Zarbalarning aksariyat qismi “IShID”ga emas, isyonchi guruhlarga berilmoqda”, deb aytilmoqda maqolada.

Top