14:52 / 29.09.2015
3105

Toshkentning 3ta tuman sudida E-Sud axborot tizimi ishga tushirildi

Shu yilning iyun oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab sudga barcha hujjatlar elektron shaklda yuborilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston oliy sudi matbuot kotibi Aziz Obidov bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun mamlakatda bosqichma-bosqich E-Sud elektron tizimi joriy qilinib boradi. Ayni paytda Toshkent shahrining 3ta tuman sudida bunday tizim ishga tushirildi.
Ta'kidlanishicha, tizim BMT taraqqiyot dasturining “Fuqarolik sudi islohoti: samarali sud ma'muriyati” loyihasi doirasida yaratilgan va joriy qilib borilmoqda.

Top