12:55 / 29.09.2015
3363

Xitoyda yer yuzidagi eng kichkina chig‘anoqlar topildi

Naturalchilar Xitoy qirg‘oqlarida dunyodagi eng kichik chig‘anoqlarni aniqlashdi. Angustopila dominikae deb atalgan chig‘anoqning uzunligi bor yo‘g‘i 0,5 millimetrni tashkil eatdi. ZooKeys jurnalida chiqqat maqola muallifining aytishicha, bu kabi chig‘anoqlarning o‘nga yaqin turini uchratish mumkin. Bu haqda New Scientist qisqacha bayon qiladi.
Miniatyura ko‘rinishga ega ushbu chig‘anoqlar 2013 yilda Xitoyning mashhur vodiysi Guansi provinsiyasi tuprog‘ida vengeriya sayohatchisi Andrash Xunyadi (András Hunyadi) tomonidan topilgan. Bu kabi chig‘anoqlarning yetti turi aniqlangan xolos.
Angustopila dominikae ning miniatyurali ko‘rinishi ohaktosh tepaliklari yoriqlarida yashashga imkon beradi. Chig‘anoqlar yomg‘ir yoqqach suvo‘tlaridagi namlik tufayli ular tasmasi yordamida tashqariga chiqishadi.
Olimlarning aytishicha, ushbu chig‘anoqlardagi bezakli qobig‘ ularni yirtqichlardan himoya qiladi. Bundan tashqari ularning hayot tarzi ham olimlarni qiziqtirib qo‘ygan.

Top