08:33 / 30.09.2015
3683

Armaniston Ozarbayjonga qarshi siyosiy va harbiy choralar ko‘rishi mumkin

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan BMT Bosh Assambleyasi 70-sammitida irod qilgan nutqida ta'kidlashicha, Ozarbayjon agressiv harakatlarini davom ettirgan taqdirda Yerevan unga qarshi siyosiy-harbiy choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi.

“Agar bunday agressiv siyosat davom etadigan bo‘lsa, bu Armaniston oldida boshqa tanlov qoldirmaydi. Biz Armaniston Respublikasi va Tog‘li Qorabog‘ Respublikasiga tinchlik va xavfsizlikda rivojlanishga imkon beradigan zaruriy qonuniy qadamlar, siyosiy va harbiy qadamlarni tashlashga majbur bo‘lamiz”, - dedi u.

Top