02:53 / 30.09.2015
2843

Chempionlar Ligasi, N guruhi: “Zenit” “Gent”ni yutib 1-o‘ringa chiqib oldi, “Lion” o‘z maydonida “Valensiyaga” mag‘lub bo‘ldi

29 sentabrda Chempionlar Ligasi saralash bosqichining 2-turida N guruhi vakili Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi “Gent” bilan o‘z maydoni “Petrovskiy”da uchrashdi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Peterburgliklar ketma-ket 2-o‘yinda g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida Artyom Dzyuba Xalkning uzatmasidan keyin aniq zarba bilan hisobni ochdi. 56-daqiqada Tomas Matton javob to‘pini kiritdi. 64-daqiqada Oleg Shatov darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib to‘p urdi.

Chempionlar Ligasi, N guruhi, 2-tur
Zenit (Sankt-Peterburg) – Gent (Gent) – 2:1
Gollar: Dzyuba, 35 (1:0); Matton, 56 (1:1); Shatov, 67 (2:1).

Guruhdan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda “Valensiya” mezbonda “Lion” ustidan minimal hisob bilan yutuqqa erishdi.

Lion (Lion) – Valensiya (Valensiya) – 0:1
Gol: Feguli, 42 (0:1).

Guruh musobaqa jadvali 2-turdan keyin quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. “Zenit” – 6 ochko; 2. “Valensiya” – 3; 3. “Lion” – 1; 4. «Gent» – 1.

Top