15:46 / 30.09.2015
3512

Farhod Tolipov: YeII bugungi ko‘rinishida istiqbolga ega emas

O‘zbekistonlik siyosatshunos Farhod Tolipov, EurasiaDaily nashriga bergan intervyusida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston nega ushbu tashkilotga a'zo bo‘lmayotgani haqidagi savolga javob berarkan, mutaxassis shunday fikr bildirdi:
“Hamkorlikka hech kim qarshi chiqmadi. Toshkent YeII va O‘zbekiston o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratishni taklif qilgan edi. Bugungi ahvolida YeIIning istiqbollari juda oz: bu siyosiy yoki geosiyosiy motivga ega bo‘lgan birlashmadir. Ayniqsa ushbu birlashma tashabbuskori bo‘lgan davlatning o‘zi iqtisodiy inqirozda ekanligida iqtisodiy birlashuv targ‘ib qilinayotgani g‘alati. Qirg‘iziston YeIIga a'zo bo‘lgan taqdirda o‘zi uchun alohida preferensiyalar va yengilliklar so‘rayotgani ixtiyoriy emas, majburiy a'zolikdan darak bermasmikin? Axir integratsiyani foyda va aniq manfaatlar belgilab berishi kerak emasmi?”.

Top