12:27 / 30.09.2015
7479

Ikki “baqiroq” xonanda duet kuylaydigan bo‘ldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimovaning kuyovi, xonanda Bahriddin Zuhriddinov hamkasbi Jahongir Poziljonov bilan duet kuylashi mumkin.
Eldor Qayumov so‘zi va Botir Aliyev musiqasi bilan yaratilgan mazkur qo‘shiq “Hadicha” deb nomlanadi.
Ilgari Zuhriddinov “Laylo, opang qani?”, “Muyassarxon” singari ashulalar kuylagan edi.
“Ikki xonandaning yo‘nalishi, ularning “baqiroq”ligi ham bir-biriga mos tushganligiga qoyil qolyapmiz-u, ammo ular ijrosidagi qo‘shiqni muxlislar qanday kutib olishi mumkinligini tasavvur qilolmayapmiz”, - deb yozadi “Darakchi” nashri.

Top