Iroq Rossiyadan 500 dona, Saudiya Arabistoni esa BMP-3 piyodalar harbiy mashinalarini sotib olmoqchi. Bu haqda ushbu texnikani ishlab chiqaruvchi “Traktornyye zavody” konserni prezidenti o‘rinbosari Albert Bakov bayonot berdi.
“Bizda Iroqdan BMP-3 mashinalariga 500ta buyurtma bor, Saudiya Arabistoni ham undan 950ta sotib olmoqchi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Uning ta'kidlashicha, buyurtmalarni bajarishda hech qanday muammo yo‘q, ammo ichki bozorda ham talab borligi tufayli muddatlarni qayta ko‘rib chiqish talab qilinadi.