00:12 / 30.09.2015
5399

Jim Kerrining sobiq qaylig‘i o‘z joniga qasd qildi

Gollivud aktyori Jim Kerrining sobiq qaylig‘i, 28 yoshli Katrin Uayt o‘z joniga qasd qildi. Qizning jasadi Los-Anjyelesdagi o‘z uyidan topilgan, deb yozadi TMZ.

Manbaning xabar berishicha politsiya jinoyat joyidan Katrinning Kerriga atab yozgan vidolashuv xatini topib olgan. Ular 24 sentabr kuni ayrilishgan edi.

53 yoshli Jim Kerri va Katrin Uayt 2012 yildan buyon uchrashib kelishadi. Oradan bir necha oy o‘tgach, ular ayrilishgandi. Ammo juftlik joriy yilning may oyida yana birga bo‘lishgan edi.

Top