20:18 / 30.09.2015
6120

Lavrov: IShID ommaviy qirg‘in qurollariga ega bo‘lishi mumkin

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, IShID jangarilarida ommaviy qirg‘in qurollari borligi bo‘yicha taxmin qilishga asoslar mavjud.

"Jangarilar Iroq va Suriya hududida terroristik davlat tashkil etishdi. Bu davlat mustabidona boshqaruv tizimiga, barqaror moliyaviy manbalarga va yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan armiyaga ega. Ularda shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollar borligidan darak beruvchi belgilar mavjud", deydi Lavrov BMT Bosh assambleyasi doirasidagi yig‘ilishda.

 

Top