19:48 / 30.09.2015
2902

Moskvaga yangi prokuror tayinlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva shahri prokurori Sergey Kudeneyevni lavozimidan ozod qildi va uning o‘rniga Vladimir Churikovni tayinladi. Bu haqdagi farmon huquqiy ma'lumotlar portalida rasman ma'lum qilingan.

"Sergey Kudeneyev Vasilevich Moskva prokurorligi lavozimidan ozod etilsin. Uning o‘rniga 5 yillik muddatga Churikov Vladimir Viktorovich tayinlansin", deyiladi farmonda.

Bundan oldinroq, Moskva shahri dumasi Vladimir Churikov nomzodini prokurorlik lavozimi uchun ma'qullagandi. 58 yoshli ushbu huquqshunos 2010 yilning aprelidan buyon Volgograd viloyati prokurori sifatida ishlab kelgan va endi bu lavozimidan ozod etilgan.

Top