15:08 / 30.09.2015
4334

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda 3954 nafar ustoz va murabbiylar turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandi

1991-2014 yillar davomida Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi jami 3954 nafar ustoz va murabbiylar turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandi. Bu haqda 29 sentabr kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan 1 oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Ta'lim va tarbiya uyg‘unligi – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili” mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Taqdirlargan ustoz va murabbiylarning 6 nafari «O‘zbekiston qahramoni», 122 nafari «El-yurt hurmati» ordeni, 32 nafari «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, 301 nafari O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi, 311 nafari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi, 392 nafari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, 291 nafari «Mehnat shuhrati» ordeni, 506 nafari I va II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, 381 nafari «Do‘stlik» ordeni, 20 nafari «Jasorat» medali, 1351 nafari «Shuhrat» medali va boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Top