12:09 / 30.09.2015
2114

OAV: Xitoyda josuslikda gumon qilinib, 3 nafar yaponiyalik hibsga olindi

Yaponiya fuqarolari bo‘lgan 3 kishi Xitoy hududida taqiqlangan obektlar atrofida qo‘lga olingan. Ularning josuslik bilan shug‘ullanishgani gumon qilinmoqda.

O‘z navbatida Yaponiya hukumati bu voqeaga munosabat bildirgan.

Unga ko‘ra, Yaponiya josuslik bilan shug‘ullanmaydi.

"Yaponiya josuslik bilan shug‘ullanmaydi. Biz Xitoyda qo‘lga olingan fuqarolarimizning ozod qilinishi uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz", deb ma'lum qildi Yaponiya Vazirlar Mahkamasining matbuot xizmati boshlig‘i Yosixida Suga.
Aniqlik kiritilishicha, Xitoyda hibsga olingan yaponlarning biri Chjetszyan provinsiyasidagi harbiy obekt oldida, yana 2 nafari Xitoy va KXDR bilan chegarada qo‘lga tushgan.

O‘tgan yilning noyabrida Xitoyda kontrrazvedka bo‘yicha yangi qonun qabul qilingandi. Unga ko‘ra, josuslik holatlari uchun jazo choralari kuchaytirilgan va yangi me'yorlar o‘rnatilgan.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra josuslikda ayblanib, hibs qilinganlarning mulki musodara etiladi.

Top