09:32 / 30.09.2015
3723

Pentagon: AQSh mudofaa vaziri Rossiya bilan Suriya bo‘yicha aloqa chizig‘ini ochishga buyruq berdi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Rossiya bilan Suriya bo‘yicha aloqa chizig‘ini ochishga buyruq berdi. Pentagon matbuot kotibi Piter Kukning matbuot anjumani chog‘ida ma'lum qilishicha, bu ikki davlat rahbarlari uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarga binoan amalga oshirildi.

Kukning ta'kidlashicha, bunday muzokaralar Suriya masalasida ixtiloflar kelib chiqmasligiga qaratilgandir. Xususan, Rossiya xalqaro koalitsiyadan alohida harakat qilgan taqdirda ikki tomonning harbiy kuchlari tasodifan to‘qnashishining oldini oladi.

Top