08:47 / 30.09.2015
4820

Poroshenko: YeI Ukrainasiz omon qolmaydi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko uning mamlakati Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi zarurligini yana bir bora aytib o‘tdi.

“Yevropa millati Ukrainani qabul qilishga tayyormi, yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q. Men shuni e'tirof etamanki, Yevropa Ittifoqi Ukrainasiz omon qolmaydi. Demokratik Ukraina YeIda bo‘lishi kerak. Men optimistman, orzuim amalga oshadi”, - dedi u Nyu-Yorkda Kolumbiya universiteti talabalari bilan o‘tkazgan uchrashuvi chog‘ida.

Top