15:48 / 30.09.2015
2912

Qozog‘istonda yo‘lovchi poyezdida qirqma miltiq va patronlar olib ketayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Qozog‘iston transport politsiyasi 16- kalibrli ov quroli va unga tegishli patronlarni olib ketayotgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.

“2015 yilning 29 sentabr kuni Petropavlovsk stansiyasida Yekaterinburg-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi poyezdidagi vagonlarning birida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir chog‘ida Ichki ishlar vazirligining transport bo‘limi xodimlari 30 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini qo‘lga oldi. Erkak kishida ruxsat beruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan 16- kalibrli ov quroli va unga tegishli patronlar, patronlari bilan bo‘lgan gazli to‘pponcha va ov pichog‘i borligi aniqlanib, olib qo‘yildi”, - deyiladi Transportda ichki ishlar departamenti matbuot xizmati xabarida.

Qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Petropavlovsk IIBning vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib borilgan. Unga nisbatan Qozog‘iston Respublikasining jinoyat kodeksidagi tegishli moddalar yuzasidan jinoiy qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Top