17:31 / 30.09.2015
5771

Rossiya AQShni Suriyaga bomba tashlashni boshlashi to‘g‘risida ogohlantirib qo‘ydi

Rossiya tomoni AQShni Suriyadagi jangarilarga qarshi havo zarbalari berishni boshlashi to‘g‘risida ogohlantirishnoma yuborgan. Bu haqda amerikalik amaldordan biriga asoslangan holda Reyter xabar berdi.

CNN telekanalida ma'lum qilinishicha, Rossiya samolyotlari Suriyaning Xoms viloyatida birinchi aviazarbalarni amalga oshirgan.

Suriya axborot vazirligi Damashq Rossiyadan harbiy yordam so‘ragani haqidagi xabarni rasman tasdiqlagan.

Biroz oldinroq, Putin Federatsiya kengashidan Rossiya qurolli kuchlarini xorijda qo‘llashga ruxsat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Top