12:30 / 30.09.2015
1691

TIAISVda Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

29 sentabr kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yaponiya Yer, infratuzilma, transport va sayyohlik vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Keysuke Suzuki boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va ilmiy-texnologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari zamonaviy texnologiyalari va ilg‘or tajribasi asosida iqtisodiyotning turli hil sohalarida aniq loyihalarni amalga oshirish muhimligi alohida ta'kidlanib o‘tildi.

Tomonlar Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan shahar infratuzilmasini boshqarish va rivojlantirishda yuqori texnologiyalarni joriy qilish masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiya, Yaponiya biznesi ishtirokida O‘zbekistonda kelajakda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi deb ishonch bildirishdi.

Top