15:40 / 30.09.2015
2777

BAA TIV: IShIDga qarshi kurashda ijobiy siljishlar bo‘lmoqda

BAA tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zayd al-Nahayyon IShID guruhiga qarshi kurashda ijobiy siljishlar ko‘rayotganini e'tirof etdi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar bermoqda.

Bayonot BMT Bosh Assambleyasi yubiley sammiti doirasida o‘tkazilgan terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish chog‘ida berildi.
Shu bilan birga, vazir Iroq va Suriyada o‘zgarish bo‘lmagan taqdirda muhojirlar masalasi yanada keskinlashishidan ogohlantirdi.

Top