16:14 / 30.09.2015
3476

Ulug‘bek Rahmatullayev, agar muxlislar norozi bo‘lmasa, kinoda o‘ynashi mumkin

O‘zbekistonlik xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev muxlislar uni tanqid ostiga olishmagan taqdirda kinoda o‘zini sinab ko‘rishni istagan bo‘lardi. Bu haqda u “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“O‘zbek kinosining eng mashhur rejissyorlaridan biri Rustam Sa'diyev meni har gal ko‘rganda “Qachon rozi bo‘lsang, sen uchun maxsus ssenariy yozib, kinoga taklif qilardim, seni fransuz aktyorlariga o‘xshataman, birgalikda ham komik, ham ta'sirchan, yuki bor film suratga olardik”, deb aytadi. Yaqinda bir safarda ham bir ijodkor meni fransuzlarga o‘xshatdi. O‘sha payt o‘ylab qoldim, balki rostan ham o‘zimni kinoda sinab ko‘rishim kerakdir?”, - deydi xonanda.

“Taklifiga rozi bo‘lishim mumkin, - qo‘shimcha qildi u. – Faqatgina “E, faqat sen qoluvding rol o‘ynamagan”, degan fikrni eshitmasligimga amin bo‘lganimdan keyin ish boshlayman”.

Top