15:03 / 30.09.2015
3079

Xitoyda mikrocho‘chqalar sotuvga chiqarildi

Pekin genomika instituti genlari “tahrir” qilingan mikrocho‘chqalarni sotuvga chiqardi.
Mutaxassislar cho‘chqalarning o‘sish genidagi ikkita retseptordan birini o‘chirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi, shundan so‘ng ular eng past bo‘yli individlarni tanlab, ularni qovushtirdi. Natijada hujayralar o‘sish buyrug‘ini olmay qo‘ydi, jonivorlar ham, shunga muvofiq, o‘smay qo‘ydi.

Top