14:11 / 01.10.2015
4272

Azim Abduhakimov YUNISEFning O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashdi

30 sentabr kuni mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Azim Abduhakimov YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich bilan uchrashuv o‘tkazdi. YUNISEF tomonidan tashkil etilgan uchrashuv, vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, konstruktiv shaklda o‘tdi.

Uchrashu boshida Fuderich ikki tomonlama aloqalarning natijalari va asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tib, 2016-2020 yillardagi hamkorlik dasturining istiqbollariga munosabat bildirdi.
O‘z navbatida, Abduhakimov mehmonga mamlakat aholisining 40 foizini 18 yoshga bo‘lgan fuqarolar tashkil etishi bois yoshlar siyosatiga alohida e'tibor qaratilishini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, YUNISEF 2015 yilda O‘zbekistonning ko‘plab tashkilot va idoralari bilan aloqalarni kengaytirib borayotgani ta'kidlab o‘tildi.

Top