12:15 / 01.10.2015
4275

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisining ilk kunida 15 nafar o‘zbekistonlik sportchi gilamga chiqadi

Bir necha soatdan so‘ng Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri bellashuvlariga start beriladi.

Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bahslarda erkaklar o‘rtasida -60 va -66 kg; ayollar o‘rtasida -48, -52 va -57 kg vaznda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Toshkent Gran-Prisining ilk kunida 15 nafar o‘zbekistonlik sportchi gilamga chiqadi

-60 kg: Sharofiddin Lutfullayev – Albert Oguzov (Rossiya) / Ali Xusrav (Yaman)
-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev – Nuno Karfalyu (Portugaliya) / Arif Bagirov (Belarus)
-60 kg: Abdujalil Yuspov – Robert Mshvidobadze (Rossiya)
-60 kg: Bahrom Inoyatov – Gumar Kirgizbayev (Qozog‘iston)
-66 kg: Timur Xudoyqulov – Ganbold Munxtur (Mo‘g‘iliston)
-66 kg: Hamidjon Mo‘minov – Duanbin Ma (Xitoy)
-66 kg: Asadullo Bozorov – Yan Sancha (Kosta-Rika)
-66 kg: Dostonjon Xoliqulov – Rene Shnayder (Germaniya)
-48 kg: Munira Karimova – Dilara Luqmonhakim (Turkiya)
-48 kg: Nodira Gulova – Bo Keong Jyeong (Janubiy Koreya)
-52 kg: Dildora Ubaydullayeva – Janna Stankevich (Armaniston)
-52 kg: Muqaddas Kubeyeva – Kseniya Beldiagina (Qirg‘iziston)
-57 kg: Shohida Nazarova – Xana Karmaykl (AQSh)
-57 kg: Shahzoda Usmonova – Manon Durbach (Lyuksemburg)
-57 kg: Dildor Shermetova – Nazgul Kubasheva (Qozog‘iston)

Top