17:01 / 01.10.2015
5485

Harri Potter muxlislari Dobbining ozod qilinishi uchun o‘z paypoqlarini topshirmoqda

Sehrgar Harri Potter haqidagi asarlar ixlosmandlari undagi Dobbi xonadon elfini ozod qilish uchun o‘z paypoqlarini topshirishmoqda, deya xabar berdi Time. Nashrning qayd etishicha, Elflar ozodligini taklash fuqarolik assotsiatsiyasi asoschisi Hermiona Greynjyer asar ishtiyoqmandlarining bunday harakatidan fahrlangan bo‘lar edi.
Internetda Londondagi Livsden studiyasi bo‘ylab mavzuli sayohat ishtirokchilari tomonidan olingan fotosuratlar paydo bo‘ldi. Bu yerdagi eksponatlardan biri shisha to‘siqlar ortiga o‘rnatilgan Dobbi haykalidir. Joan Rouling asarlarida xonadon elflari xo‘jayini unga biror kiyimini sovg‘a qilsa, ozodlikka chiqishi mumkinligi yozilgan. Masalan, Hermiona shu maqsadda o‘z paypog‘ini Xogvarts maktabining yashirin bir burchagida qoldirib ketadi.
Asar muallifi Rouling Dobbini ozod qilishga urinishlarga e'tibor qaratib, studiyadagi tasvirlardan birini o‘z “Tvitter” mikroblogida retvit qildi.


Time`ning yozishicha, Harri Potterga bag‘ishlangan asarlarda Dobbi obrazi haqiqiy qahramon sifatida tasvirlangan bo‘lib, U Harri Potter, Ron Uizli va Hermiona Greynjyer singari qahramonlar jonini o‘z hayotini xatar ostiga qoldirish evaziga saqlab qoladi.

Top