19:28 / 01.10.2015
3039

Hindiston 2018 yilda “yigirmatalik” sammitini qabul qilishi mumkin

Hindiston 2018 yilda dunyoning eng taraqqiy etgan 20 davlatini birlashtirgan norasmiy tashkilot sammitini qabul qilishi mumkin. Bu haqda “Hindu” nashri xabar qildi.

Gazetaning Hindiston Moliya vazirligidagi axborot manbasiga tayanib xabar berishicha, forum katta ehtimol bilan 2018 yilning sentabr oyida mamlakat poytaxti Nyu-Deli shahrida bo‘lib o‘tadi.

“Katta yigirmatalik” davlatlari sammitni sentabr oyida o‘tkazishga kelishib olishdi”, – dedi axborot manbasi. Germaniya 2017 yilda Xitoydan so‘ng “yigirmatalik”ka mezbonlik qilsa, Hindiston 2018 yilda mehmonlarni qabul qiladi”.

“Yigirmalik guruhi” (G20 yoki "katta yigirmatalik") – norasmiy tashkilot bo‘lib, iqtisodiyoti taraqqiy etgan va rivojlangan mamlakatlarni o‘zida birlashtiradi.

Top