22:49 / 01.10.2015
9335

Intel “eng xavfli” mashhurlar ro‘yxatini e'lon qildi

Intel kompaniyasi McAfee antivirus ishlab chiqaruvchisi bilan birgalikda internetdagi “eng xavfli” mashhur odamlar ro‘yxatini e'lon qildi. Shu mashhur odamlarning nomidan foydalangan firibgarlar qidiruv saytlariga viruslar joylashtirishgan.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnida didjyey Armin Van Byuren turibdi. Uning nomi bilan 17,92 foiz zararli saytlarga kirib qolish mumkin. Undan keyingi o‘rinlarda esa, kantri-musiqachi Lyuk Brayan (17,64 foiz), Asher (16,67 foiz), Britni Spirs (16,39 foiz) va Jay-Z (15,83 foiz) turishibdi. Musiqachilardan tashqari ro‘yxatda aktrisalar Emi Shumer, Betti Uayt va Nina Dobrevlar bor.

Ma'lum bo‘lishicha, musiqachilarning musiqasini izlash natijasida ana shunday zararli saytlarga kirib qolish mumkin. Firibgarlar aynan shu narsadan umid qilishmoqda.

Top