10:21 / 01.10.2015
20171

IShID Su-24 zarbalaridan og‘ir talafot ko‘rmoqda

Rossiya samolyotlarining birinchi hamlasi IShID jangarilariga og‘ir talafotlar yetkazdi. Aviazarbalar Suriyaning 7 tumanida amalga oshirildi.
Suriya armiyasi vakillarining ma'lum qilishicha, jangarilarning birinchi kundagi yo‘qotishlari juda katta bo‘lgan.

“Aviazarbalar dushman tomonida og‘ir yo‘qotishlarga olib keldi”, - ularning so‘zlarini keltiradi SANA agentligi. Shuningdek, bir qancha transport vositalari ham yo‘q qilingani aytildi.
Internetga Rossiyaning Su-24 samolyotlari amalga oshirgan bombardirovkalari qayd qilingan videolavha joylashtirildi. Unda ikkita samolyotning yer usti nishonlariga bergan zarbalari aks etgan.

Top