23:21 / 01.10.2015
5822

Lavrov Iroq bo‘yicha: Biz boodob kishilarmiz va hech qayerga taklifsiz bormaymiz

Rossiya Iroq hududida IShIDga qarshi harbiy amaliyotlar boshlashga shoshilmaydi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov BMT Bosh assambleyasi doirasidagi matbuot anjumani vaqtida shunday bayonot bilan chiqish qilgan.

"Biz Iroq tomoni shuni so‘ramagunicha, bu hududdagi jangarilarga qarshi aviazarbalar yo‘llamaymiz. Axir biz boodob kishilarmiz va taklifsiz birovning uyiga borish odobdan emas", deya qayd etdi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoni faqatgina bomba yog‘dirish bilangina hal qilib bo‘lmaydi.

U shuningdek, IShID keng hududga, Portugaliyadan tortib Pokistongacha tahdid solib turgani va bu kenglikda o‘z nuqtalariga ega ekanligi haqida gapirgan.

Bundan oldinroq, Iroq bosh vaziri Rossiyaning Suriyada boshlagan harbiy harakatlarini ma'qullashi haqida aytgandi.

Top