20:57 / 01.10.2015
7990

Manba: Suriyaga Erondan yuzlab askarlar yetib keldi

Suriyaga Bashar Asad hukumatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuzlab eronlik harbiylar yetib kelgan. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda Reyter nashri xabar bergan.

Xabar beruvchi livanlik manbalarga ko‘ra, oxirgi 10 kun davomida Suriyaga bir necha yuz nafar eronlik harbiylar yetib kelgan. Ular quruqlikdagi harbiy harakatlarda ishtirok etishlari aytilgan.

Bundan oldinroq, Rossiya samolyotlari tomonidan berilgan havo zarbalari AQSh tomonidan tayyorlangan "Zaviya tog‘lari lochinlari" nomli harbiy bo‘linma bazalari qarata yo‘llangani haqida ma'lum qilingandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkovning aytishicha, rus aviatsiyasi Suriyada IShIDning 12ta obektini yo‘q qilgani haqida ma'lum qilgan.

Top