11:31 / 01.10.2015
4120

Microsoft va Google patent huquqi buzilishiga oid 18ta sud ishini to‘xtatishga kelishishdi

Microsoft va Google korporatsiyalari bir-biriga nisbatan taqdim etilgan patentga oid huquqlari buzilishi borasidagi barcha sud jarayonlarini to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi, deya xabar bermoqda Reuters.

“Microsoft va Google bir qator patent masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi, shuningdek, biz mijozlarimiz foydasi uchun kelgusida boshqa jabhalarda ham birgalikda ish yuritishni mo‘ljallamoqdamiz”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Xususan, kompaniyalar mobil telefonlari, WiFi, Xbox va Microsoft o‘yin konsollari uchun ishlanmalar hamda Windows`ning boshqa mahsulotlari sohasidagi texnologiyalarga oid patentli masalalarni hal qilish haqida kelishib olinganini ma'lum qilishdi.

Bunda kompaniyalar AQSh va Germaniyadagi 18ta sud jarayoniga chek qo‘yishdi. Ayni paytda, kelishuv shartlari batafsil oshkor qilinmadi.

Top