15:57 / 01.10.2015
4342

Qozog‘iston parlamenti JSTga a'zo bo‘lish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Qozog‘iston parlamenti Senati (yuqori palata) majlisida respublikaning Jahon savdo tashkiloti (JST)ni tashkil etish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasiga qo‘shilishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qildi.

Mazkur protokol 2015 yilning 27 iyulida respublika va tashkilot a'zolari tomonidan imzolangan edi. Bundan avvalroq esa mazkur hujjat parlamentning quyi palatasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Xabar qilinishicha, Qozog‘istonning JSTga a'zo bo‘lishi to‘g‘risidagi qaror tashkilot ratifikatsiya to‘g‘risida xabardor qilinganidan so‘ng bir oy o‘tgach, avtomat tarzda kuchga kiradi. Shundan so‘ng qo‘shni davlat JSTning 162- a'zosiga aylanadi.

Top