11:07 / 01.10.2015
4740

Ronaldu "Real" tarixidagi eng yaxshi bombardirga aylandi

Madridning Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Malme”ga (2:0) qarshi Chempionlar ligasi 2-tur uchrashuvida dubl qayd etdi.

Madridliklar saytida yozilishicha, 30 yoshli Portugaliya terma jamoasi a'zosi madridliklar tarkibida o‘zining 323- va 324 gollarini urib, Raulning natijasini yangiladi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Aytish joizki, Ronalduga ushbu rekordni qayd etish uchun 308ta o‘yin talab etilgan bo‘lsa, Raul o‘z natijasi uchun 741ta o‘yin o‘tkazgandi.

Qayd etilishicha, Ronalduning 2010 yilda "Real Sosedad" darvozasiga urgan, lekin Pepe hisobiga yozilgan goli ham shu natija ichiga kiritilgan.

Ronalduni ushbu natija bilan Raulning shaxsan o‘zi telefon orqali tabriklagan.

Bundan oldinroq, Ronaldu "Malmyo"ga qarshi o‘yinda o‘z faoliyatidagi 500 va 501-gollarini nishonlagani, shundan so‘ng uni sobiq jamoasi "MYu" tabriklagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, u bu uchrashuvda o‘zining YeChLdagi o‘yinlardagi 22-dublini qayd etdi va bu borada Messidan o‘zib ketdi.

Qolaversa, Ronaldu YeChLda o‘tkazgan 116 o‘yinidagi 82-golini nishonladi. U bu borada ham Messidan oldinda (97 o‘yinda 77ta gol) bormoqda.

Top