22:39 / 01.10.2015
10760

Rossiya samolyotlari IShIDning muhim obektlariga takroran zarba berdi

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotlari IShIDning Suriya hududidagi Hama viloyatidagi bazalariga takroran havo zarbalari yo‘naltirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov xabar qildi.

"Hama viloyati hududida bizning samolyotlarimiz IShIDning ishlab chiqarish obektlarini takroran bombardimon qildi", deydi Konashenkov.

Uning aytishicha, suriyaliklar bu hududlarda 30 sentabr kungi hujumdan keyin tiklanish ishlari olib borilayotganini aniqlashgan.

"Bu ma'lumot olinganidan keyin El-Latamna tumanidagi bir necha nuqtalarga zarbalar berildi va u joylarda ulkan yong‘inlar boshlandi", deydi u.

Bundan oldinroq, Rossiya aviatsiyasi bir kun davomida Suriyadagi amaliyotlarda IShIDning 12ta obektini bombardimon qilgani va natijada snaryadlar tayyorlovchi kichik zavodlar va omborxonalar, Idlib tumanidagi aslahalar ombori, shuningdek, Hama tumanidagi jangarilarning qo‘mondonlik punkti yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.

Top