17:48 / 01.10.2015
5372

Saudiya TIV: ar-Riyod Rossiya bilan munosabatlarni kengaytirmoqchi

Rossiya va Saudiya Arabistoni orasida mavjud ayrim tortishuvlarga qaramay, rasmiy ar-Riyod Moskva bilan aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdordir. Bu haqda qirollik tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr “al-Hayot” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Oramizdagi kelishmovchiliklar ikki masalaga borib taqaladi: Suriya inqirozi va Eronga qurol yetkazib berish, - dedi u. – Ammo, o‘ylashimcha, Rossiya bilan munosabatlar hozirgidan ancha kengroq bo‘lmog‘i darkor”.

Top