14:25 / 01.10.2015
11185

Siyosatshunos: eski Suriyani boshqa ko‘rmaymiz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyadan harbiy yordam so‘raganidan so‘ng Kreml yetakchisi Vladimir Putin Federatsiya kengashiga mamlakat qurolli kuchlarini chet elda qo‘llashga ruxsat oldi. Buning natijasida kechaning o‘zidayoq Rossiya aviatsiyasi Suriyada harbiy amaliyotlarni boshlab yubordi.

Strategik baholash instituti prezidenti, siyosatshunos Aleksandr Konovalov bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
“Terrorchilar qattiqqo‘l va qo‘rqmas jangchilardir, ularni osmondan turib mag‘lub qilish mumkin emas”, - ta'kidladi eskpert.
Shuningdek, u Suriyada ikkita koalitsiya harakat qilishidan xavotirda ekanligini bildirib o‘tdi. AQSh ham, Rossiya ham terrorchilarga qarshi kurashayotgani barobarida, ularning mamlakatdagi rasmiy hokimiyatga bo‘lgan munosabati qarama-qarshidir.

Rossiyaning ittifoqchilari qatorida Iroq va Eron bor. Eronning Suriya bilan umumiy chegaralarining yo‘qligi bu koalitsiyaga jiddiy qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
“U yerga quruqlik qismlarini tashlash uchun eronliklar Iroq hududiga o‘tishi lozim. Iroq rahbarlari qanaqasiga bunga ruxsat berishi mumkinligini tasavvur qila olmayman”, - ta'kidladi Konovalov.

Bundan tashqari, Asad bugungi kunda mamlakatning 20 foiz hududini o‘z nazorati ostida ushlab turibdi. Shu bois endi biz “eski Suriyani boshqa ko‘rmaymiz”.
Shuningdek, har ikki xalqaro kuch terrorchilikka qarshi kurashda noaniq maqsadlar qo‘ygani ta'kidlandi. Har ikki tomon IShIDga qarshi kurashayotganini ta'kidlagani bilan, Suriyada boshqa radikal kuchlar, jumladan, al-Qoidaning qoldiqlari ham bor.

“Biz Germaniya bilan jang qilganimizda maqsad aniq edi – Reyxstagni olib, unga g‘alaba bayrog‘ini tikish. Bu yerda nima qilish kerak? Bayroqni qayerga tikamiz?”, - deydi mutaxassis.

Top