15:43 / 01.10.2015
6568

"Tolibon" Qunduz shahri Afg‘oniston tomonidan ozod qilingani haqidagi xabarni inkor qildi

"Tolibon" jangarilari vakili Zabihullo Mudjohid Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahri hali ham tolibonlar nazorati ostida qolayotgani haqida ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon" bayrog‘i hali ham Qunduz shahrida hilpirab turibdi.

Biroz oldinroq, Afg‘oniston IIV vakili Siddiq Siddiqiy Qunduz shahri jangarilardan ozod qilingani to‘g‘risida axborot bergandi.

Top