15:54 / 01.10.2015
4283

Xitoy janubidagi portlash tafsilotlari aniqlandi

Sinxua nashrida xabar berilishicha, 30 sentabr kunining ikkinchi yarmida Xitoy janubidagi Lyuchjou shahrida yuz bergan portlashlar pochta jo‘natmasi orqali olib ketilayotgan 17ta portlovchi qurilmalarning harakatga kelishi oqibatida yuz bergan.

Ushbu hodisa shahar markazida sodir bo‘lgan va bu portlashlar shifoxona, shahar bozori, savdo majmuasi, avtobus stansiyasi, hokimiyat binosi, qamoqxona va amaldorlar yotoqxonasiga ta'sir qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu hodisa tufayli 7 kishi halok bo‘lgan va 50 nafardan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Top