21:56 / 01.10.2015
6017

Yoqutistonda bug‘ qozonining portlashi oqibatida 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yoqutistonda bug‘ qozonining portlashi oqibatida 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, 1 oktabr kuni Batagay qishlog‘ida bug‘ qozoni portlab ketgan. Avariya penopolistirol ishlab chiqaruvchi sex garajida sodir bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir. Ulardan 1 nafari 1970 yili, 2 nafari esa 1995 yili tug‘ilgan.

Top